Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkentda taniqli xonanda koronavirus sabab karantinga olindi

A A A
Toshkentda taniqli xonanda koronavirus sabab karantinga olindi

Taniqli opera xonandasi, “Shuhrat” medali sohibasi Shirin Mamatova Toshkentdagi 5-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tushib qoldi. U bu haqda Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Aziz obunachilarim, ayrim noxush sabablar tufayli kasalxonaga tushib qoldim. Hozirgi kunda kasalxona karantinga yopildi. Bu hamma bilan yuz berishi mumkin. Ahvolim yaxshi, koronavirusga test topshirdim, natija salbiy chiqdi. Biroq yana 14 kunni kasalxonada o‘tkazishim kerak. O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang”, —  deb yozadi Shirin Mamatova.

Xonandaning muxlislari izohlarda unga sog‘lik tilab, hammasi yaxshi bo‘lishini yozib qoldirgan.

Kiritildi: 15:59 18.04.2020. O'qildi: 14983 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!