Toshkentda psixotrop modda ta’sirida bo‘lgan 24 yoshli qiz o‘zi bilan yashab kelgan Xitoyning 38 yoshli fuqarosiga (erkak) rashk tufayli pichoq bilan tan jarohati yetkazib, qasddan o‘ldirgandi.
Bugun, 13 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida sudlanuvchiga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Unga ko‘ra, sudlanuvchi JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan aybdor deb topildi hamda shu moddaga asosan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.