Kuryerlik xizmati ofisida Xitoydan yuborilgan posilkani qabul qilib olayotgan ikki kishi qo‘lga tushdi.
Tekshiruvda jo‘natma ichidan 24 kg 974 gramm kuchli ta’sir qiluvchi pregabalin moddasi topilgan.
Hozirda ushlanganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.