Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda vaksinalarni tashishga mo‘ljallangan avtomobillar nega YTHga uchradi? (VIDEO)

Toshkentda vaksinalarni tashishga mo‘ljallangan avtomobillar nega YTHga uchradi? (VIDEO)

Vaksinalarni tashishga mo‘ljallangan avtomobillar ishtirokidagi YTH bo‘yicha munosabat bildirildi. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 23 fevral kuni soat 11:30larda, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus va Amir Temur ko‘chalari kesishgan chorraha yaqinida, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan hududiy boshqarmalarga foydalanish uchun topshirilib, olib ketilayotgan "Changan" rusumli avtomobil haydovchilaridan biri keskin tormoz bosishi oqibatida ortida harakatlanayotgan ushbu rusumdagi 6 ta avtomobillar ham keskin tormozlanishi yuzaga kelgan.

 

Hodisa natijasida 2 ta avtomobil texnik shikastlangan. Tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sodir bo‘lish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.

Kiritildi: 14:03 23.02.2021. O'qildi: 2977 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!