Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda va Toshkent viloyatida «Hizb-ut Tahrir»ga a’zo 29 nafar ayol aniqlandi

A A A
Toshkentda va Toshkent viloyatida «Hizb-ut Tahrir»ga a’zo 29 nafar ayol aniqlandi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida «Hizb-ut Tahrir» ekstremistik tashkilotining 29 nafar ayol a’zosi aniqlandi, deya xabar qilmoqda IIV axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 10 sentyabr kuni, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan reyd o‘ltkazilgan. Qidiruvda bo‘lgan «Hizb-ut Tahrir» diniy ekstremistik tashkiloti a’zolari – 1970 yilda tug‘ilgan ayol L.U. va 1974 yilda tug‘ilgan ayol M.S. bilan internet tarmog‘i va turli ijtimoiy messenjerlar orqali aloqa qilib, ularning ko‘rsatmalari asosida aholi orasida tashkilot g‘oyalarini targ‘ib qilish va tashkilot safini kengaytirish bilan shug‘ullanib kelgani aniqlangan. Jinoyat kodeksining 159 va 244-2 -moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Toshkent shahrining Shayxontohur, Uchtepa, Olmazor, Sirg‘ali va Yakkasaroy tumanlari, shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota, Toshkent va Qibray tumanlarida yashovchi 29 nafar «Hizb-ut Tahrir» ekstremistik tashkilotining «Ayollar qanoti» jamoasi a’zolarini jinoiy faoliyatiga chek qo‘yishga qaratilgan tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Mazkur ayollarning yashash manzillarida va uyali aloqa vositalarida ekstremistik mazmundagi materiallar mavjudligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirilib olindi.

Hozirda ushbu ayollarning noqonuniy xatti-harakatlariga huquqiy baho berish va ularni javobgarlikka tortish maqsadida tergov-surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 20:49 10.09.2021. O'qildi: 3313 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!