Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda uy-joy investisiyalari foydasi 4,5 barobarga kamayib ketdi

Toshkentda uy-joy investisiyalari foydasi 4,5 barobarga kamayib ketdi

MHTI ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil aprelida Toshkentda uy-joyga qilingan investisiyalar foydasi 27,8%dan 6,2%ga tushdi. Ya’ni foydalilik 4,5 barobar kamaydi.

Ijaradan tushadigan daromad 10,9%dan 8,1%ga tushgan, uy narxi esa o‘rtacha 2,4%ga arzonlashgan.

Shayxontohur tumanida 1 xonali kvartira eng yuqori foyda keltirgan — 25,1%, Miroobodda esa faqat 0,4%.

Daromadlilik 3–4 xonali uylarda ham pasaygan: masalan, 4 xonali uylarda 30,6%dan 3,3%ga tushgan.

Solishtirish uchun: bankdagi so‘mdagi omonat foizi 22%, dollarda — 5,1%. Ya’ni bank omonatlari uy-joyga investisiya qilishdan ancha foydaliroq bo‘lib qolgan.

Kiritildi: 11:23 23.05.2025. O'qildi: 660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!