Bugun 12 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkentda o‘tkaziladigan boks oqshomining to‘liq kardi e’lon qilindi

A A A
Toshkentda o‘tkaziladigan boks oqshomining to‘liq kardi e’lon qilindi

Joriy yil 14 aprel kuni Toshkent shahridagi “Humo arena”da o‘tkaziladigan Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) tomonidan o‘tkaziladigan “Chempionlar oqshomi”ning to‘liq kardi ma’lum bo‘ldi.

Turnirning asosiy jangida o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘smatov IBA kamari uchun ispaniyalik Samuel Karmona bilan to‘qnash keladi.

Shuningdek, musobaqada Bahodir Jalolov va amerikalik Smaki Agron, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevga va turkiyalik Fotih Keles, A’loxon Abdullayev va mo‘g‘ulistonlik Jargal Otgonjargal o‘rtasida janglar bo‘lib o‘tadi.

-71 kg vaznda Iqboljon Xoldorov kubalik Jorde Daniel Fosadesga, -63.5 kg da Ruslan Abdullayev tanzaniyalik Juma Choki va -60 kg vazn toifasida esa Elnur Abduraimov Venesuela vakili Anxel Rodrigesga qarshi ringga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur turnir doirasida qozog‘istonlik Olimpiada chempioni Doniyor Eleusinov o‘zbekistonlik Saidjamshid Ja’farov bilan jang qilishi xabar qilingandi.

Kiritildi: 15:04 01.04.2024. O'qildi: 1175 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!