Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Toshkentda Turkiyaga fohishalikka yuborilayotgan ayol to‘xtatib qolindi

Toshkentda Turkiyaga fohishalikka yuborilayotgan ayol to‘xtatib qolindi

Farg‘ona viloyati IIBning ma’lum qilishicha, Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan ayol aldov yo‘li bilan Turkiyaning Izmir shahriga yuqori daromadli ish va’da qilingan holda yuborilishi rejalashtirilgan. Uni Turkiyada yashovchi, Xorazm viloyati Shovot tumanida tug‘ilgan shaxs ijtimoiy tarmoqlar orqali aloqaga chiqib, ishontirgan hamda elektron aviabilet yuborgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu shaxs jabrlanuvchini shahvoniy maqsadlarda ekspluatasiya qilishni ko‘zlagan.

Toshkent–Istanbul–Izmir yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilishi rejalashtirilgan ayol huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aeroportda to‘xtatib qolingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:26. O'qildi: 356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!