Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Toshkentda Tez tibbiy yordam shifokori aybi bilan bir oylik kelinchak vafot etdi

Toshkentda Tez tibbiy yordam shifokori aybi bilan bir oylik kelinchak vafot etdi

Turmushga chiqqaniga bir oydan sal ko‘proq vaqt bo‘lgan kelinchakning vafotiga qadar biror marta ham sog‘ligidan shikoyat qilmagani va kasal bo‘lmaganligi aytilmoqda.

Toshkent viloyatida 1994 yilda tug‘ilgan G‘ulomov Oybek Srojiddin o‘g‘li Tez tibbiy yordam sayyor brigadasiga qarashli 6-sonli podstansiyada ko‘chma brigada feldsheri vazifasida ishlab kelgan.

Jahon.uz nashrining tizimdagi ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, Oybek G‘ulomov Yunusobod tumani, 17-mavze, 14-uy, 14-xonadonda yashovchi Shermetova Marg‘uba Yulchivay qizining sog‘ligi yomonlashganligi sababli ushbu manzilga tez yordam chaqiruviga asosan yetib kelib, kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmay, bemor M.Shermetovaning axvoli, sog‘ligi holatini to‘liq o‘rganmay, baralgin dori vositasini qo‘llanish tartibiga lozim darajada amal qilmagan holda qon tomiri orqali tez yuborishi natijasida, bemor M.Shermetova vafot etgan.

Aytilishicha, Marg‘uba Shermetova yoshligidan vafot etguniga qadar biror kasallik bilan og‘rimagan va davolanmaganligi aytilmoqda.

Marg‘ubaning mazasi bo‘lmaganligi sababli, u kelin bo‘lib tushib borgan xonadon egalari tez yordam chaqirishganligini, tez yordam mashinasida feldsher O.G‘ulomov kelganligini va qizi bilan gaplashganligini, so‘ng qiziga ovqatdan zaharlanish tashxisini qo‘yib, qiziga vaqtinchalik og‘riq qoldiruvchi sifatida baralgin dorisini qo‘lining qon tomiri orqali yuborganligini, qizida shu zaxoti titroq paydo bo‘lganligini, shunda O.G‘ulomov dorini oxirigacha yuborolmay, o‘sha shprisda dorining qolgan qismini qizining yonboshidan yuborganligini, shu holatdan so‘ng qizi o‘ziga kelmaganligini va vafot etganligini, tez yordam mashinasida Yunusobod tumanidagi 7-sonli klinik shifoxonasiga olib kelishganligini, M.Shermetova feldsher kelguniga qadar o‘z harakatlarini boshqara oladigan, es-hushi joyida, bemalol muloqot qila oladigan darajada yaxshi holatda bo‘lganligini aytganligini, feldsher O.G‘ulomovning malakasiz va vaziyatga to‘g‘ri baho bermay M.Shermetovaga ko‘rsatgan sifatsiz tibbiy muolajasi natijasida qizi vafot etganligini bildirishdi.

Oybek G‘ulomovga nisbatan Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi ochildi va 2019 yil 26 martdan boshlab O.G‘ulomovning ehtiyot chorasi o‘zgartirilib, darhol sud zalidan qamoqqa olingan hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga qarashli 1-sonli tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Kiritildi: 15:32 16.05.2019. O'qildi: 4041 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!