Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda Spark er-xotinni urib ketdi

Toshkentda Spark er-xotinni urib ketdi

Joriy yilning 27 mart kuni soat 11:30 da Toshkent shahar Olmazor tumanida YTH sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV Axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, er-xotin piyodalar yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan. Ularga birinchi Damas yo‘l bergan, ammo orqada Spark'ni boshqarib kelayotgan 1997 yilda tug‘ilgan ayol tormoz berishga ulgurmay, ikki piyodani urib ketgan.

Voqea yuz bergandan so‘ng ayol qorin bo‘shlig‘i, ko‘krak qafasi jarohati bilan Toshkent tibbiyot akademiyasiga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan yordamga qaramay, u shu kuni soat 15:10 da jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Kiritildi: 18:16 28.03.2023. O'qildi: 2070 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!