Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkentda sobiq prokuror 700 ming AQSh dollarlik pora olgani ma’lum bo‘ldi

A A A
Toshkentda sobiq prokuror 700 ming AQSh dollarlik pora olgani ma’lum bo‘ldi

Prokurorning katta yordamchisi Toshkent prokuraturasidagi “ish”ni hamda “Turkiston” bank xodimlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini hal qilishni va’da bergan.

2013 yilning yoz faslida 1952 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, nafaqaxo‘r, muqaddam Shayxontohur tumani prokurori katta yordamchisi bo‘lib ishlagan A.B. o‘z uyida, Yunusobod tumanida yashovchi K.O.ni aldab, “Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan unga nisbatan ko‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha qo‘llanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasini o‘zgartirib beraman” deb, firibgarlik yo‘li bilan 300 ming AQSh dollarini olib, ushbu pullardan shu kunga qadar 120 ming AQSh dollarini qaytarib bermagan.

Shuningdek, prokurorning sobiq katta yordamchisi 2013 yil sentyabr oyida XOATB “Turkiston” bank xodimlariga nisbatan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi yuzasidan qamoqdan chiqarish evaziga 400 ming AQSh dollarini olib, dalolatchi sifatida pora berishga qiziqtirgani aniqlangan.

“UzNews” nashrining huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-modda 3-qism “a” va 28, 211-3 “a” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 06:57 14.05.2018. O'qildi: 1477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik