Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda singil o‘z opasini o‘ldirish uchun 5 ming dollarga qotil yolladi

Toshkentda singil o‘z opasini o‘ldirish uchun 5 ming dollarga qotil yolladi

30 may kuni G.D. ismli ayol Yunusobod tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, unga F. ismli bir ayol 5000 dollar evaziga tug‘ishgan opasini o‘ldirishda yordam qilishini yoki shu ishni amalga oshiradigan shaxsni topishga ko‘maklashishini so‘raganini bildirgan. Bu haqda Bosh prokuratura «Daryo»ga ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 31 may soat 15:00 da Yunusobod tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida F. ismli ayolning noqonuniy qilmishlarini fosh etish maqsadida uning opasi (1967 yilda tug‘ilgan, sudlanmagan, ishsiz) Yunusoboddagi uyidan tuman IIBning ma’muriy binosiga olib kelingan. Shundan so‘ng G.D. qotillik buyurtmachisi bo‘lgan ayolga qo‘ng‘iroq qilib, ish bajarilganini va pullarni olib kelishini so‘ragan.

O‘z opasini o‘ldirish bo‘yicha buyurtma bajarilganligi evaziga 5000 dollar miqdoridagi pul mablag‘lari o‘rniga F. 2000 dollarga teng miqdoridagi tilla buyumlarini bergan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan F.ga nisbatan (1969 yilda tug‘ilgan, sudlanmagan, ishsiz) nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 10:05 03.06.2020. O'qildi: 10166 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!