Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkentda rus-o‘zbek filmlari bepul namoyish etiladi

A A A
Toshkentda rus-o‘zbek filmlari bepul namoyish etiladi

Filmlar namoyishi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filialining yozgi kinoteatrida bo‘lib o‘tadi.

Oilaviy komediya muxlislari Kinematografiya agentligi va “Sputnik Vostok prodakshn” kinostudiyalari tomonidan suratga olingan “Quyosh lazzati” filmini 30 iyun soat 18.00da tomosha qilishlari mumkin (6+).

Shuningdek, Kinematografiya agentligi va "VEGA" kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan “Pari sovg‘asi" kinokartinasi 1 iyul kuni 18.00da namoyish etiladi.

Ikkinchi film namoyishining asosiy jihati o‘zbek va rossiyalik aktyor, rejissyor Farhod Mahmudovning ishtirok etishi bilan bog‘liq. Aytish joiz, Mahmudov “Kuxnya", "Bednaya Nastya", "Posledniy boy mayora Pugacheva", "Sindrom jizni", "Ibrat" loyihalardagi ishtiroki bilan mashhur.

Kiritildi: 15:48 30.06.2022. O'qildi: 2118 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!