Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Toshkentda qidiruvdagi “Malibu 2” jarima maydonidan topilib, yana jarima maydoniga joylashtirildi

A A A
Toshkentda qidiruvdagi “Malibu 2” jarima maydonidan topilib, yana jarima maydoniga joylashtirildi

Majburiy ijro byurosining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘lim ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining ijro varaqasi asosan, qarzdor M.A.dan undiruvchi Shayxontohur tuman DSI va davlat foydasiga boj bilan jami bo‘lib 34,4 mln. so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari mavjud.

Qarzdor fuqaroga qarz summalarini qoplashi uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsa-da, soliq va davlat boji qarzi qoplanmagan.

Shundan so‘ng, Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochisi SH.Mirzayev tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, tegishli tashkilotlarga qarzdorning mol-mulki haqida so‘rovlar yuborilgan. Olingan javoblarga ko‘ra, qarzdor fuqaroga tegishli bo‘lgan 2 ta avtotransport vositasi “Malibu 2” va “Lacetti” aniqlanib, ushbu avtotransport vositalariga qidiruv e’lon qilingan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan “Malibu 2” jarima maydonidan topilib, yana jarima maydoniga xatlanib, joylashtirildi.

Hozirda avtotransport vositasini auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda. Savdodan tushgan pul mablag‘lari davlat foydasiga yo‘naltiriladi.

Kiritildi: 21:16 24.11.2025. O'qildi: 1040 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!