Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda qalbaki dollarni pullayotganlar qo‘lga olindi

Toshkentda qalbaki dollarni pullayotganlar qo‘lga olindi

Toshkentda 18 800 qalbaki AQSh dollarini sotayotganlar ushlandi. Bu haqda bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX hamda IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqarolar A.R., I.I. va boshqalar Yashnobod tumani hududida jami 18 800 qalbaki AQSh dollarini fuqaro A.Q.ga 141 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlanib, ulardan jami 283 dona 100 AQSh dollarlik qalbaki kupyuralari ashyoviy dalil sifatida olingan.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi xabarda.

Kiritildi: 14:23 28.03.2024. O'qildi: 600 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!