Toshkent ko‘chalarida avtomobillarning pulli to‘xtab turish joylarini tashkil etish huquqi uchun 17 dekabr kuni takroriy auksion o‘tkazildi.
Spot’ning yozishicha, savdo jarayoni 20 daqiqadan ko‘proq davom etib, ikki stavkadan so‘ng yakunlangan. Natijada Streetpark Systems kompaniyasi g‘olib bo‘lgan. Kompaniya lot uchun 62,93 milliard so‘m — boshlang‘ich narxdan 10 foizga yuqori narx taklif etgan.
Noyabr oyi oxirida o‘tkazilgan avvalgi auksionda Balcomuz qo‘shma korxonasi g‘olib bo‘lgandi. Kompaniya 3 yil davomida avtoturargohlarni ijaraga olish uchun taxminan 120 milliard so‘m taklif qilgan, ammo kelishuv tasdiqlanmagan.