Joriy o‘quv yilida Toshkent shahridagi 335 ta umumta’lim maktablarini 73 057 nafar bitiruvchilar tamomladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ularning 41 848 nafari 9-sinfni, 31 209 nafari esa 11-sinfni bitirdi.
Bitiruvchilarning 939 nafari maktabni imtiyozli attestat bilan yakunlab, 90 nafari kumush va 849 nafari oltin medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, ularning 1 475 nafari muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan.