Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda OITSga chalingan yigit 16 yashar qiz bilan jinsiy munosabatda bo‘ldi, oqibatda...

Toshkentda OITSga chalingan yigit 16 yashar qiz bilan jinsiy munosabatda bo‘ldi, oqibatda...

Toshkent shahar IIBB tergovchilari o‘z amaliyotlarida bo‘lib o‘tgan voqeani so‘zlab berishdi: bir yigit hayot va salomatlik uchun xavfli bo‘lgan jinoyatni sodir etganligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Tergovoldi tekshiruvlari doirasida aniqlanishicha, Yunusobod tumanida yashovchi 17 yoshli I.B., OIV-infeksiyasi bilan kasallanganligidan va OITS dispanserida hisobda turishidan xabardor bo‘la turib, tanishi 16 yoshli A.M. bilan himoyalanmagan tarzda jinsiy yaqinlik qilgan va bu bilan qizni OIV-infeksiyasi yuqtirish xavfi ostiga qo‘ygan. Qonuniy himoyachisi ishtirokida bo‘lib o‘tgan xodimlar bilan suhbatda yigit o‘z aybiga to‘liq iqrorligini bildirib, quyidagilarni ma’lum qilgan. Kasalligi tufayli u 2009 yildan buyon (7 yoshligidan) hisobda turib, muntazam ravishda ko‘rikdan o‘tib turadi. A.M. bilan bolalikdan tanish bo‘lganligi sababli, u bilan anchadan buyon yaxshi munosabatda bo‘lib, o‘smirlik davridanoq uchrashib yurgan. Munosabatlarni «kattalar» darajasiga o‘tkazishni yigit va qiz rejalashtirmagan edilar, ammo bu holat sodir bo‘lganida ularda kontraseptiv (prezervativ) bo‘lmagan. Yigit qizni jinsiy aloqa xavfli bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan, ammo o‘smirlik sevgisi ularning ko‘zini ko‘r qilib qo‘ygan edi. Keyinchalik yoshlar himoya vositalaridan foydalanib, birinchi holat hech qanday yomon oqibatlarga olib kelmasligidan umidvor bo‘lishgan.      

Bir oz vaqt o‘tgach, o‘zini yomon his qila boshlagan qiz shifokorga murojaat qilib, 5 oylik xomilasi borligidan xabardor bo‘lgan. Yigitining tashhisini bilgan qiz holatning jiddiyligini tushunib, muammosi haqida tibbiyot mutaxassislariga va yaqinlariga ma’lum qilgan.

Shu tarzda, o‘rta maktab yuqori sinflar o‘quvchisi I.B. o‘z harakatlari bilan boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirgan. Mazkur fakt asosida Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Holat bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar ayblov xulosasi bilan jinoiy ishlar bo‘yicha sudga ko‘rib chiqilishi uchun yo‘naltirildi.

Ishni tergov qilgan tergovchining qayd etishicha, ushbu jinoyatni sodir etishga turtki bo‘lgan sabablardan biri, yoshlarning kasallik va uning oqibatlari haqida ma’lumotga ega bo‘lmaganliklari bo‘lgan. Shu sababli bu kabi jinoyatlarni oldini olish maqsadida keyinchalik nafaqat OIV-infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar orasida, balki umuman aholi orasida ham bu kasallik haqidagi bilimni oshirish muhimdir. Bu yo‘nalishdagi ishlar muntazam ravishda tibbiyot sohasi vakillari tomonidan, o‘quv muassasalari vakillari tomonidan olib boriladi, ammo bizning fikrimizcha, bolaning bu borada axborotlashtirishda ota-onalar sezilarli hissa qo‘shishlari mumkin. Bu masalada uyat noo‘rindir: chunki gap jiddiy oqibatlar haqida ketmoqda.  

Kiritildi: 18:22 02.06.2020. O'qildi: 16991 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!