Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda noqonuniy qurilmalarni buzish ishlari olib borildi

A A A
Toshkentda noqonuniy qurilmalarni buzish ishlari olib borildi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida noqonuniy qurilma va inshootlarni demontaj qilish ishlari olib borildi. Bu haqda tuman matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 15 aprel kuni Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov, tuman prokurori vazifasini bajaruvchi Umid Abdullayev, tuman IIO FMB boshlig‘i Otabek Xo‘jayev, tuman hokimi o‘rinbosari Farhod Najmiddinov, tuman MIB, Kadastr agentligi va boshqa tashkilotlar tomonidan “Abdulla Avloniy” mahallasining Mirobod ko‘chasidagi noqonuniy qurilmalar o‘rganilgan.

Natijada, ko‘p qavatli uylarning birinchi qavati, ko‘cha yuzidagi ovqatlanish hamda savdo shoxobchalarida noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish va buzilgan joylarni tartibga keltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 11:15 16.04.2024. O'qildi: 729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!