Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun «ijtimoiy taksi» xizmati yaratildi

Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun «ijtimoiy taksi» xizmati yaratildi

Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun «Ijtimoiy taksi» pilot loyihasi ishga tushdi. Bu haqida Ijtimoiy himoya agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Loyiha Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar va tayanch xarakatida muammolari bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy soha ob’ektlari, ta’lim muassasalariga borib kelishlariga qulayliklar yaratish maqsadida tashkil qilingan.

Ijtimoiy taksi xizmatiga qanday buyurtma beriladi?

Xizmatdan foydalanish Yandex Go ilovasi orqali amalga oshiriladi. Mazkur ilovada nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlariga moslashtirilgan maxsus funksiya Yandex Go ilovasida alohida ekranda mavjud. Ularni har qanday tarifda manzilga yetib olish uchun tanlash mumkin (Start, Komfort yoki Komfort+). Barcha tariflarda xizmat narxlari o‘zgarmaydi.

Buyurtmani qabul qilgan haydovchiga mijozni manzilga olib borish davomida quyidagi maxsus vazifalarni amalga oshirish kerakligi haqida xabar beriladi, masalan:

• mashina topishga yordam bering manzil kartochkasida foydalanuvchiga mashinani topish, uning yoniga kelish va salonga o‘tirishga yordam beruvchi izoh ko‘rinadi;
• eshitishida muammolari bo‘lgan shaxslarga haydovchi chat orqali muloqot qilishni so‘rashi kerak bo‘ladi;
• «nogironlik aravachasidaman» bu funksiya tanlangan bo‘lsa, haydovchida «nogironlar aravachasida bo‘laman, mashinaga o‘tirishda yordam, bo‘sh yukxona kerak» izohi ko‘rinadi.

Kiritildi: 18:52 21.11.2024. O'qildi: 368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!