Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda "Neksiya-3" va "Spark" mashinalari yonib ketdi

A A A
Toshkentda "Neksiya-3" va "Spark" mashinalari yonib ketdi

Joriy yilning 10 mart kuni soat 01:00 larda, "102" tizimiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasida, haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan B.S. boshqaruvida bo‘lgan "Neksiya-3" hamda haydovchi, 1985 yilda tug‘ilgan A.T. boshqaruvida bo‘lgan "Spark" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lib, zarb oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.
Yong‘in bartaraf etilgan. To‘qnashuv natijasida, "Spark" avtomobili haydovchisi A.T. va yo‘lovchi SH.X.larga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Kiritildi: 11:18 11.03.2021. O'qildi: 2220 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!