Bugun 2 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda moylar bozorini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

Toshkentda moylar bozorini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

«Saneg» neft-gaz kompaniyasining vertikal integrasiyalashgan neft biznes operatori "SEG Motol" kompaniyasi hamkorlarning birinchi anjumanini o‘tkazdi. Anjumanda moylash materiallarining ulgurji va chakana savdosi bilan professional shug‘ullanuvchi kompaniya distribyutorlari, O‘zbekiston Respublikasining yirik sanoat moy iste’molchilari, avtomobil sanoati va avtomobil biznesi, shuningdek, respublikaning eng yirik chakana savdo tarmoqlari vakillari ishtirok etdi.

"SEG Motol" kompaniyasi direktori Baxtiyor Asatullayev hamkorlar bilan uchrashuv muhimligini ta’kidladi: "Ushbu konferensiya bizga bozor ehtiyojlarini bilish va eng yuqori sifat standartlari hamda sanoat talablariga javob beradigan mahsulotlarni taklif qilish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi".

Anjuman doirasida biznes vakillari va sanoat iste’molchilariga moylarni rivojlantirishning ikki brendli strategiyasi – «Saneg» va "SEG Motol" taqdim etildi.

Saneg brendi ostidagi mahsulotlar Italiyaning Bari shahridagi "Saneg Oil Italy" zavodi tomonidan ishlab chiqariladigan zamonaviy yengil avtomobillar uchun premium sintetik moylar hisoblanadi.

"Saneg Oil Italy" kompaniyasi ijrochi direktori Mauro Nochelli qo‘shimcha qildi: "Ilg‘or texnologiyalar va ishlab chiqarish quvvatlari bugungi kunda O‘zbekiston bozoriga Yevropa sifat standartlariga javob beradigan mahsulotlarni taklif qilish imkonini bermoqda".

Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari Farg‘ona NQIZda ishlab chiqarilayotgan "Seg Motol" tijorat transporti uchun sanoat moylari va surkov materiallarining assortimenti hamda raqobatbardosh afzalliklari haqida bilib oldilar.

Ishtirokchilarga ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishni o‘z ichiga olgan Saneg yog‘lari biznesini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi taqdim etildi. Xususan, kompaniya O‘zbekistonda yiliga 60 ming tonnagacha tovar moylari hamda 150 ming tonna bazaviy moylar, Italiyadagi zavodda esa yiliga 20 ming tonnagacha tovar moylari va 5 ming tonna surkov moylari ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 16:47 01.11.2024. O'qildi: 323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!