1 iyun kuni soat 11:31 da Toshkent shahar Olmazor tumani, Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida, Man rusumli avtomobil yonayotganligi to‘g‘risida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 11:35 da yetib borib, yong‘in soat 11:39 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.