Yashnobod tumani, Sodiq Azimov ko‘chasida «Damas» va «Cobalt» rusumli avtomobillar bilan yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar FVB matbuot xizmati xabar berdi.
FVB ma’lumotiga ko‘ra, 6 may kuni soat 12:22 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yong‘in haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv brigadalari soat 12:28 da yetib borgan. Yong‘in soat 12:32 da to‘liq o‘chirilgan.
Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.