Samarqand viloyati Urgut tumanida banklardan birining filiali xodimlari o‘rtasida ro‘y bergan janjal pichoqbozlik bilan yakunlandi. Bankning ikki erkak xodimi o‘zaro janjallashgan, natijada ulardan biri boshqasiga pichoq bilan hujum qilib, og‘ir tan jarohati yetkazgan. Oqibatda jarohat olgan bank xodimi vafot etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, janjal xodimning hamkasbi uning turmush o‘rtog‘i bilan ishqiy munosabatda bo‘lganidan shubhalanishi sababli kelib chiqqan.