Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Ukrainaning “O‘rgimchak to‘ri” nomli maxsus operasiyasi bir yarim yildan ko‘proq vaqt davomida tayyorlangan

Ukrainaning “O‘rgimchak to‘ri” nomli maxsus operasiyasi bir yarim yildan ko‘proq vaqt davomida tayyorlangan

Operasiya jarayonining borishini prezident Volodimir Zelenskiy shaxsan nazorat qilgan va Ukraina xavfsizlik xizmati (SBU) rahbari Vasiliy Malyuk uning amalga oshirilishini o‘z jamoasi bilan birga ta’minlagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum natijasida Rossiyaning 41 ta strategik aviasiya samolyoti yo‘q qilingan.

Manbalarning xabar berishicha, operasiya logistika nuqtai nazaridan nihoyatda murakkab bo‘lgan. Dastlab, FPV-dronlari yashirin ravishda Rossiyaga olib kelingan. Keyinchalik, ular belgilangan hududlardagi kichik yog‘och konteynerlarga joylashtirilgan. Operasiyani amalga oshirish vaqti kelganda esa, konteynerlarning tomi masofadan turib ochilgan va dronlar Rossiya strategik bombardimonchi samolyotlarini yo‘q qilish uchun uchib ketgan.

"Ushbu noyob va murakkab operasiyada qatnashgan barcha odamlar allaqachon Ukraina hududida. Shunday ekan, agar Kreml rejimi kimnidir hibsga olib, “josuslar” sifatida ko‘rsata boshlasa, bu “ichki tomoshabinlar” uchun navbatdagi shou bo‘ladi", deyiladi SBU bayonotida.

Kiritildi: 20:40 01.06.2025. O'qildi: 3376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!