Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Bosh prokuratura: 47 nafar hokimiyat vakillari hibsga olinadi

Bosh prokuratura: 47 nafar hokimiyat vakillari hibsga olinadi

Istanbul Bosh prokuraturasi 47 nafar shahar hokimiyati xodimlarini hibsga olish uchun order berishga ruxsat berdi. Ular pora olish va tovlamachilikda gumon qilinmoqda, deb xabar beradi Haberturk TV. Hibsga olishlar shahar hokimi Ekrem Imomo‘g‘liga qarshi qo‘zg‘atilgan korrupsiya ishi doirasida amalga oshirilmoqda.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, allaqachon 31 kishi qo‘lga olingan. Ular orasida Istanbulning ikki tumani, Beshiktosh va Buyukchekmecening rahbarlari ham bor. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Buyukchekmece meri Hasan Akgin va uning mulozimlari kompaniyalarni ularga “sovg‘a sifatida” villalar va kvartiralar berishga yoki shu nomdagi mahalliy basketbol jamoasiga “ehson” qilishga majburlagan. Aytilishicha, bu talablarni qabul qilmagan tadbirkorlarga hokimiyat tomonidan qurilish va foydalanishga topshirish ruxsatnomasi berilmagan.

Bu allaqachon hibsga olishlarning beshinchi to‘lqinidir. Mart oyida Istanbul hokimi 560 milliard turk lirasi miqdoridagi korrupsiya va firibgarlikda, shuningdek, Kurdiston ishchilar partiyasi bilan hamkorlikda ayblangan edi. U lavozimidan chetlashtirilgan va hibsga olingan.

Kiritildi: 16:41 01.06.2025. O'qildi: 3732 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!