Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda IIV xodimini qasddan o‘ldirib, Chirchiq daryosiga tashlab ketishdi

A A A
Toshkentda IIV xodimini qasddan o‘ldirib, Chirchiq daryosiga tashlab ketishdi

2022 yil 29 sentyabr kuni Ichki ishlar vazirligida boshqarma tezkor vakili lavozimida ishlagan xodim o‘zaro kelishmovchilik natijasida ikki nafar shaxs tomonidan qasddan o‘ldirilib, jasadi Chirchiq daryosiga tashlab yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘tkazilgan qidiruv harakatlari davomida jabrlanuvchining murdasi daryodan topilgan.

Gumonlanuvchilar prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergovga aralashish va to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi, deyiladi Bosh prokuratura ma’lumotida.

Kiritildi: 11:42 03.10.2022. O'qildi: 5732 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!