“Toshkent shahar suv ta'minoti” MCHJ 24 yanvardan poytaxt bo‘yicha yangi tariflar joriy qilinishini ma’lum qildi. Bunga Xalq Deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2020 yil 30 dekabrdagi qarori va Toshkent shahar hokimi mahkamasi Moliya bosh boshqarmasida tasdiqlangan 07 yanvardagi deklarasiya asos bo‘lgan.
Yangi tariflarga ko‘ra, ichimlik suvi:
— aholi uchun – I guruh (jismoniy shaxslar) – 1 m3 - 400 so‘m;
— byudjet tashkilotlari uchun - II guruh - 1m3 - 400 so‘m;
— ulgurji iste’molchilar uchun - II guruh - 1m3 - 400 so‘m;
— tijorat iste’molchilari uchun - III guruh - 1 m3 - 1000 so‘m.
Oqova suvi xizmati uchun:
— aholi uchun – 1 guruh (jismoniy shaxslar) – 1 m3 - 350 so‘m;
— byudjet tashkilotlari uchun - II guruh - 1m3 - 350 so‘m;
— ulgurji iste’molchilar uchun - II guruh - 1m3 - 350 so‘m.