Bugun 24 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentda havo sifatidagi muammolar oy oxirigacha davom etishi mumkin

Toshkentda havo sifatidagi muammolar oy oxirigacha davom etishi mumkin

Yangilangan sinoptik ma’lumotlarga ko‘ra, havodagi inversiya jarayoni kelgusi hafta oxirigacha — noyabr yakunigacha saqlanib turishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” ma’lum qildi.

Avvalroq inversiya 24 noyabrdan so‘ng ortga chekinishi aytilgan edi. Biroq yangi prognozlarga ko‘ra, havo qatlamlarining aralashishiga to‘sqinlik qilayotgan ob-havo sharoiti hafta oxirigacha saqlanishi mumkin.

Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, bu davrda havo sifati nobarqaror bo‘lishi tabiiy: ko‘rsatkichlar kun davomida tez-tez o‘zgarishi mumkin. Havoning yaxshilanishi havo massalarining almashishi, shamol kuchayishi yoki yog‘ingarchilik tushishiga bog‘liq bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 08:30. O'qildi: 277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!