Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Toshkentda Georgiy tasmalari tarqatiladi

A A A
Toshkentda Georgiy tasmalari tarqatiladi

O‘zbekistonda 9 may bayrami munosabati bilan georgiy tasmalari tarqatiladi, deb xabar qildi Toshkentdagi Rossiya Federasiyasi elchixonasi.

Georgiy tasmalari 1-3 may va 6-7 may kunlari soat 17.00dan 20.00ga qadar elchixona konsullik bo‘limining ma’lumotlar darchasida tarqatiladi , deb xabar qildi elchixona vakili.

O‘tgan hafta O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi binosi oldida Xotira abadiy, hurmat muqaddas shiori ostida Sharaf tasmasi ni tarqatish aksiyasi start olgan edi.

Ushbu aksiya Xotira va qadrlash kuni bayrami oldidan o‘tkazildi. Tasma hurmat va xotira ramzidir. O‘zbekiston Ulug‘ Vatan urushi va Ikkinchi jahon urushi yillarida Vatan uchun jon fido qilgan insonlar bilan faxrlanadi.

Sharaf tasmasi O‘zbekiston bayrog‘i rangiga ega yashil, oq va moviy, bu esa yoshlarni vatanparvarlik tuyg‘usini unutmaslikka chaqiradi.

To‘qqizinchi may esa davlat uchun muqaddas ayyom.

An’anaga ko‘ra, Xotira va qadrlash kuni arafasida O‘zbekiston bayrog‘i rangidagi tasmalar tarqatiladi. Ko‘pchilik ularni bayramga yaqin Rossiya elchixonasida tarqatiladigan georgiy tasmalari bilan birgalikda taqib yuradilar.

Bayramdan bir necha kun oldin, O‘zbekiston shaharlarida xotira va vatanparvarlik tadbirlari o‘tkaziladi: urush yillaridagi qo‘shiqlar jaranglaydi, harbiy texnika paradlari o‘tkaziladi va harbiy musiqachilar chiqish qiladilar. Shu bilan bir qatorda jamoatchilik tashkilotlari va oddiy fuqarolar urush veteranlari holidan xabar oladilar, zarurat bo‘lganida yordam beradilar, veteranlarni maktablarda o‘tadigan bayramlarga taklif etadilar va urush qatnashchilari bunday tadbirlarda yoshlar bilan muloqotda bo‘lishadi.

Asr.uz

Kiritildi: 15:12 02.05.2019. O'qildi: 1543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!