"Toshshahartransxizmat" AJ Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 11 noyabr kuni soat 06:00 larda "18-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi King Long rusumli bo‘lgan, 121-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi G‘.M. boshqaruvidagi avtobus Uchtepa tumani THAY ko‘chasi Beltepa mazvesi bo‘ylab harakatlanib borayotgan vaqtda, dastlabki ma’lumotga ko‘ra boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida, yo‘l chetidagi ko‘chatlar sotiladigan joyga kirib ketishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida, 1 nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati olgan va tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. King Long rusumli avtobus texnik shikastlangan.
Yo‘l-transport hodisasi avtobus haydovchisi G‘.M. aybi bilan sodir etilgani sababli, hodisa natijasida davlat raqami King Long rusumli avtobusga yetkazilgan moddiy zarar haydovchi tomonidan qoplanadi.
Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.