Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga Ukraina Qurolli Kuchlarining frontdagi muammolari haqida aytilmayapti, dedi The Economist nashriga xabardor manba.
«Uni iliq vannada ushlab turish ham gap emas. U saunada saqlanadi», — deya taqqoslashdan iqtibos keltirdi nashr suhbatdoshi va rasmiylar davlat rahbariga barcha kerakli ma’lumotlarni taqdim etmasligini ta’kidladi.
AQSh prezidentlik saylovlarida Donald Tramp g‘alaba qozongach, Ukraina o‘zgarishlarga tayyorlana boshladi. Ukrainalik yuqori martabali amaldorlardan birining so‘zlariga ko‘ra, Kiyevdagilar Tramp o‘zining yangi ma’muriyatiga Ukrainaga xayrixoh bo‘lgan sobiq davlat kotibi Mayk Pompeoni ishga qabul qilmaganidan hafsalasi pir bo‘lgan.
«Bu juda salbiy voqea», deb tushuntirdi The Economist suhbatdoshi. Ukraina rasmiylari Trampning Ukraina bo‘yicha takliflari vise-prezidentlikka nomzod J.D.Vensnikiga o‘xshab ketishidan xavotirda. Rejada Rossiya va Ukraina qo‘shinlari o‘rtasidagi joriy aloqa chizig‘ida demilitarizasiya zonasini yaratish, shuningdek, Kiyevning NATOga qo‘shilishdan bosh tortishi ko‘zda tutilgan. Prezident Vladimir Zelenskiy bu taklifni «radikal» va «qabul qilib bo‘lmas» deb atadi va Ukrainaga haqiqatda o‘z hududlaridan voz kechish taklif qilinayotganini ta’kidladi.