Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Toshkentda Falastin—Isroil mojarosiga bag‘ishlangan strit-art paydo bo‘ldi

Toshkentda Falastin—Isroil mojarosiga bag‘ishlangan strit-art paydo bo‘ldi

Toshkentda Inkuzart taxallusi ostida ijod qiluvchi ko‘cha rassomi navbatdagi ishini Falastin—Isroil mojarosiga bag‘ishladi.

Muallif unda Isroil harbiysi hamda yuragini qo‘lida tutib turgan falastinlik bolakayni tasvirlagan. Izoh sifatida Inkuzart prezident Shavkat Mirziyoyevdan iqtibos keltiradi:

“Biz Falastin xalqi bilan birdam ekanimizni qat’iy bildiramiz va uning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi va Xavfsizlik kengashining ilgari qabul qilingan rezolyusiyalariga muvofiq o‘z mustaqil davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlaymiz”.

Rolik oxiriga rassom tinchlikka chorlovchi xalqaro belgini joylashtirib, tomonlarni murosaga kelishga chaqirgan.

Kiritildi: 12:23 18.11.2023. O'qildi: 1905 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!