Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda erkak xotini bilan ishqiy munosabatda bo‘lib yurgan fuqaroga bir necha marta pichoq urdi

Toshkentda erkak xotini bilan ishqiy munosabatda bo‘lib yurgan fuqaroga bir necha marta pichoq urdi

Toshkentda erkak rafiqasi bilan ishqiy munosabatda bo‘lib yurgan fuqaroga bir necha marta pichoq urdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov Aniq.uz'ga xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mazkur voqea joriy yilning 31 oktyabr kuni soat 22:00 larda Yunusobod tumani "Xasanboy" MFY Baraka ko‘chasida joylashgan “Qallig‘ ota” qabristoni yonida sodir bo‘lgan.

1990 yilda tug‘ilgan Z.M turmush o‘rtog‘i bilan ishqiy munosabatda telefon orqali gaplashib yurgan 1996 yilda tug‘ilgan S.A bilan o‘zaro janjallashib qoladi. Natijada, yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan uni turli sohalariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirishga suiqasd qilgan.

Ushbu holat yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan Z.M.ga nisbatan JKning 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro Jinoyat-prosessual kodeksning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Kiritildi: 15:18 01.11.2022. O'qildi: 6391 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!