Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda eng yuqori ish haqi kimga to‘lanadi?

Toshkentda eng yuqori ish haqi kimga to‘lanadi?

Toshkent shahridagi eng yuqori ish haqi Axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarga — dasturchilar, ishlab chiquvchilar va WEB muhandislariga taklif etilmoqda, deb yozmoqda Spot.uz.

Qayd etilishicha, sentyabr oyida O‘zbekistonda sohasidagi mutaxassislarga 5000 dollargacha maosh taklif qilingan.

ASP.NET dasturchisiga 1 000 $dan 2 000 $gacha, Java (back-end) dasturchisiga 1 000 $dan 2 000 $gacha, Team Lead  - 2 000 $dan, Lead Java Developer – 2 000 $dan 3 000 $gacha, Data Design Lead - 2 000 $dan 5 000 $gacha miqdorda ish haqi taklif qilinmoqda.

Nashr ma’lumotlariga qaraganda, shunga qaramasdan, O‘zbekiston bozorida bunday mutaxassislarni topish juda qiyin va bu vazifa yil sayin murakkablashmoqda. Qolaversa, bunday mutaxassislarga chet elda ko‘proq pul to‘lashga tayyorlar.

 

Kiritildi: 14:22 09.10.2019. O'qildi: 5436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!