Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda «Dok-1 Maks» siropi ishi bo‘yicha 3,2 mln donadan ortiq dori yo‘q qilinmoqda

A A A
Toshkentda «Dok-1 Maks» siropi ishi bo‘yicha 3,2 mln donadan ortiq dori yo‘q qilinmoqda

Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining ijro varaqasiga asosan, “Quramax Medical” MCHJ hamda bojxona omborxonalarida saqlanayotgan 3,2 mln. dondan ziyod dori vositalari yo‘q qilinmoqda.

Bu haqda Majburiy ijro byurosining (MIB) poytaxtdagi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Utilizasiya qilinayotgan dori vositalari orasida yurtimizda kamida 68 nafar bolaning halok bo‘lishiga hamda 16 nafar bolaning nogiron bo‘lib qolishiga sababchi bo‘lgan “Dok1 Maks” siropi ham bor, deyiladi xabarda.

Aytilishicha,

  • 811 ming 478 dona “Dok1 Maks” tabletkalari
  • 101 ming 669 dona “Dok1 Maks” siropi,
  • shuningdek, 2 mln. 252 ming 796 dona “Ambronol” tabletkalari,
  • 56 ming 672 dona “Ambronol” siropi tegishli tartibda yo‘q qilish tadbiri o‘tkazilmoqda.

Shu jumladan, yurtimizda bolalar halokati va nogironligiga sababchi bo‘lgan “Dok1 Maks” va “Ambronol” dori vositalari ham tegishli tartibda maxsus pechlarda yoqish orqali zararsizlantirilmoqda.

Kiritildi: 22:00 12.09.2025. O'qildi: 1577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!