Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchko‘prik tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan “Coca-cola ichimligi Uzbekiston – LTD” MCHJning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.E. yashash xonadonida yashirin sex tashkil qilib, sanitariya va gigiyena talablariga javob bermaydigan sharoitda “Coca-cola”, “Pepsi” va “Fanta” nomi ostida salqin ichimliklarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, voqea joyidan tayyor mahsulotlar, bo‘sh yelim idishlar, rangli suyuqlik va boshqa tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.