Kecha, 20 iyul kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Cobalt rusumli avtomobil yonib ketdi va oqibatda mashinada bo‘lgan 4 kishi kuyish tan jarohatini oldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 22:57 da tumanda joylashgan Kichik halqa yo‘li ko‘chasidagi avtomobilda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan
Yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 23:05 da yetib borib, yong‘in soat 23:07 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.