Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda boshqaruvni yo‘qotgan haydovchi mashinasi ikkiga bo‘linib ketdi

A A A
Toshkentda boshqaruvni yo‘qotgan haydovchi mashinasi ikkiga bo‘linib ketdi

Hodisa bugun sodir bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, 14 avgust kuni soat taxminan 07:30 larda, Toshkent shahar Sirg‘ali tumanida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro P.I. Vaz 2106 rusumli transport vositasini Sirg‘ali tumani Yangi Sirg‘ali ko‘chasi bo‘ylab avtomashinalar sotuvi bozori tomondan janubiy temir yo‘l vokzali tomonga harakatlanayotib, “Turon” savdo majmuasi binosi qarshisida rul boshqaruvini yo‘qotib daraxtga urilgan.

Yo‘l transport hodisasi natijasida haydovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgani aytiladi.

"Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.

Kiritildi: 20:08 14.08.2022. O'qildi: 4305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!