Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Saddam Netanyaxu bilan maxfiy uchrashgani aytilmoqda

Saddam Netanyaxu bilan maxfiy uchrashgani aytilmoqda

Liviya sharqidagi kuchlar qo‘mondoni o‘rinbosari Saddam Haftar Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan Abu-Dabida maxfiy uchrashuv o‘tkazgan. Bu haqda Italiyaning Il Foglio gazetasi iddao qilmoqda.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, aviareyslarni kuzatish ma’lumotlari Haftar foydalanadigan samolyot Netanyaxu yetib kelganidan taxminan 20 daqiqa o‘tib Abu-Dabiga qo‘nganini ko‘rsatgan.

Avval Haftar oilasiga yaqin bo‘lgan liviyalik manba ham ular o‘rtasida uchrashuv haqiqatan bo‘lib o‘tganini ta’kidlagan.

Hozircha Isroil, Liviya yoki BAA tomonidan mazkur uchrashuv o‘tkazilgani haqida rasmiy tasdiq berilmagan.

Kiritildi: 15:29 29.09.2026. O'qildi: 745 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!