Bu rejalashtirilganidan 27 foizga ko‘p
Rossiyaning 2025 yilda qabul qilingan keyingi uch yillik byudjetida 2027 yilda mudofaa uchun 13,5 trillion rubl (160 mlrd dollar) sarflash rejalashtirilgan edi. Endi xarajatlar 3,6 trillion rublga yoki 27 foizga oshadi. Shu tariqa, Rossiya 2027 yilda harbiy soha uchun 17,1 trillion rubl (202 mlrd dollar) sarflashni rejalashtirmoqda.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi uch yil ichida milliy mudofaa uchun umumiy xarajatlar 50 trillion rublni (qariyb 600 mlrd dollar) tashkil etadi.
Rossiyaning 2025 yilgi byudjetida urush uchun 13,5 trillion rubl ajratilgan edi. O‘sha paytda bu rekord ko‘rsatkich bo‘lgan. 2026 yilgi byudjetda mudofaa xarajatlari 12,93 trillion rubl darajasida belgilangan edi.