Bugun 19 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda bosh archaning rasmiy ochilishi 25 dekabr kuniga rejalashtirildi

Toshkentda bosh archaning rasmiy ochilishi 25 dekabr kuniga rejalashtirildi

Shu kunlarda Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari davom etmoqda.

Xususan, poytaxtning asosiy va bosh archasi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining old maydonida joylashtirildi.

Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ishchi guruh shaharning bosh archasini o‘rnatish ishlari jadal olib borilayotgan maydonni ko‘zdan kechirdi. Konstruksiyani o‘rnatish jarayonini shaxsan kuzatib, ishlatilayotgan materiallar sifatini baholadi va mas’ul mutaxassislar bilan ishlarni yakunlashning asosiy bosqichlarini muhokama qildi.

Bosh archa shahar aholisi va mehmonlarini o‘ziga jalb etib, shinamlik va sehrli muhit yaratadigan bayram tadbirlarining markaziga aylanadi.

Toshkentda bosh archaning rasmiy ochilishi 25 dekabr kuniga rejalashtirildi

Bosh archaning balandligi 35 metr bo‘lib, uning atrofida 4 ta 8 metr balandlikdagi kichik archalar mavjud. Bitta ulkan archa va 4 ta kichik archa uchun 33 ming dona o‘yinchoq ilib chiqilgan. Archalar 14 ming metr chiroqlar bilan bezatilgan. Maydonda 300 ga yaqin qo‘shimcha dekorativ elementlar ham bor.

Tadbirlarni barcha aholi uchun xavfsiz va qulay tarzda tashkil etish muhimligi ta’kidlandi. Xavfsizlik choralarini kuchaytirish, shuningdek, dam olish va ko‘ngilochar hududga erkin kirishni ta’minlash rejalashtirilmoqda.

Bosh archaning rasmiy ochilishi 25 dekabrga rejalashtirilgan.

Kiritildi: Bugun 12:25. O'qildi: 317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!