Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkentda Birinchi Turkologiya qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro seminar o‘tkazildi

Toshkentda Birinchi Turkologiya qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro seminar o‘tkazildi

Toshkent shahrida Birinchi Turkologiya qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligida tashkil etildi. Unda Ozarbayjon va O‘zbekistondan olimlar, shuningdek rasmiy doira vakillari ishtirok etdi.

Seminar doirasida 1926 yilda Boku shahrida o‘tkazilgan Birinchi Turkologiya qurultoyining tarixiy ahamiyati, uning turkologiya fani rivojiga qo‘shgan hissasi hamda Xalid Said Xo‘jayevning boy ilmiy merosi muhokama qilindi.

Tadbirda, shuningdek, Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi ilmiy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash, umumiy madaniy merosni asrash va targ‘ib etish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Kiritildi: 23:42 08.04.2026. O'qildi: 221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!