Rossiya va Xitoy BMT Xavfsizlik kengashida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish maqsadida harbiy koalisiya tuzish bo‘yicha rezolyusiya loyihasiga veto qo‘ydi.
Reuters agentligining xabar berishicha, BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida Rossiya va Xitoy vakillari Bahrayn, Iordaniya, Qatar, Kuvayt, BAA hamda Saudiya Arabistonining Ho‘rmuz bo‘g‘ozida tijorat kemalari qatnovini qayta tiklash va himoya qilishga qaratilgan rezolyusiya loyihasini blokladi.
Hujjat Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan foydalanishdan manfaatdor davlatlarni ushbu yo‘nalish bo‘ylab tijorat kemalari qatnovining xavfsizligi va himoyasini ta’minlash uchun "vaziyatga mos keladigan mudofaa xarakteridagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish"ga chaqiradi.
"Fors ko‘rfazi mamlakatlari qariyb bir hafta davomida Rossiya va Xitoyni Ho‘rmuz bo‘g‘ozini himoya qilish to‘g‘risidagi rezolysiyani qabul qilishga ko‘ndirishga urinishdi, ammo ular baribir bunga qarshi chiqdi", deya yozmoqda agentlik.