Toshkent shahrida tegishli tashkilotlar avtobusda yo‘l haqini to‘lamayotgan yo‘lovchilarga nisbatan kuchaytirilgan reyd uyushtirilmoqda.
Birgina 2025 yilning 2 aprel kuni davomida chiptasiz harakatlangan 162 nafar yo‘lovchilar aniqlanib, ularga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Ma’lumot uchun, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi 5-bandiga asosan, yo‘lovchining shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.