Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda besoqolbozlik bilan shug‘ullanayotgan ikki shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda besoqolbozlik bilan shug‘ullanayotgan ikki shaxs qo‘lga olindi

Toshkent shahar Chilonzor tumanida besoqolbozlik bilan shug‘ullanayotgan ikki shaxs qo‘lga olingani aytilmoqda. 

Chilonzor tumani 3-mavzesidagi uylardan birida (Bizda uy manzili bor, faqat ma’lum sabablarga ko‘ra oshkor qilmadik) bu holat bo‘lgani "Jahon.uz"ning manbasi tomonidan xabar qilindi. 

Ma’lum bo‘lishicha fuqaro kiyimidagi bir necha nafar tezkor xodimlar xonadonga kirib bu holat bo‘lganini aniqlashgan va bunda shu uyda yashovchi ayrim fuqarolar ham xolis sifatida ishtirok etishgani aytilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 120-moddasida aynan Besoqolbozlik uchun jazo belgilangan bo‘lib, afsuski ana shu ish bilan shug‘ullanib kelayotgan kimsalar ham uchrab turibdi. 

Bundan bir necha yillar avval "Yoshlar" telekanali mashhur boshlovchisi shu ish bilan shug‘ullangani uchun qo‘lga olingan va mashhur oilani isnodga qoldirgan edi. 

Bir qancha muddat avval esa AQShda mamlakatimizning davlat bayrog‘ini ko‘tarib (Bizda buni tasdiqlovchi fotosuratlar bor, lekin davlat ramziga bo‘lgan hurmatimiz sabab, nashr orqali tarqatishni lozim topmadik) jinsiy erkinlik talab qilgan o‘zbekistonliklarni ham ko‘rdik va ular oshkora namoyish o‘tkazdi. 

O‘zbekiston qonunchiligida esa bu holat jinoyat hisoblanadi va uning har qanday ko‘rinishi ta’qiqlangan. 

Yuqoridagi holat esa hozircha rasman tasdiqlanmadi. Huquq tartibot idoralari esa hozircha jim! 

Taklif o‘rnida esa, mast holda avtomashina boshqarib ushlangan haydovchi, valyutafurush, fohishalarni ushlanganini OAV orqali sud qarori, ajrimi, hukmisiz ko‘rsatayotganingiz bir davrda, bu "qahramon"larni ham bir televizordan chiqarib qo‘yish kerak. 

Ko‘rsin bu "kasallar"ni mahalla, qo‘ni-qo‘shni, yaqinlari. Balki shu tarbiya bo‘lar. 

Xullas, voqealar rivojini "Jahon.uz" da kuzatib boring. Rasmiylardan rasman xabar kutamiz.

Kiritildi: 10:22 18.07.2019. O'qildi: 15156 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!