Bugun 22 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlarida qatnov va oraliq interval belgilangan vaqtlardan ortishi mumkin

Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlarida qatnov va oraliq interval belgilangan vaqtlardan ortishi mumkin

Ayni paytda poytaxtimizda ob-havoning keskin o‘zgargani, qor yog‘ishi kuzatilayotganligi sababli, barcha haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, zarurat bo‘lmaganda shaxsiy avtomobillarida, ayniqsa qishga mo‘ljallangan shinalarga ega bo‘lmagan transport vositalarda harakatlanmaslikni, tezlik talablariga qat’iy amal qilishlarini, piyodalardan yo‘lni kesib o‘tishda o‘ta hushyor bo‘lishlarini va tirbandliklarni oldini olish maqsadida jamoat transportlaridan foydalanishlarini so‘raymiz.

❗️Shu bilan birga, noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarining ko‘cha-yo‘llarda harakatlanishida noqulayliklar yuzaga kelishi sababli, ayrim avtobus yo‘nalishlaridagi qatnov va oraliq interval vaqtlarining belgilangan vaqtlardan ortishi holatlari yuzaga kelishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

O‘zingiz va atrofdagilarning salomatligini o‘ylagan holda yo‘l-harakat qoidalariga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz! — deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 09:56. O'qildi: 245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!