Bugun 18 iyul, 2026 yil, shanba

КИР

Toshkentda ayolni qutqarishga uringan Milliy gvardiya xodimi halok bo‘ldi

Toshkentda ayolni qutqarishga uringan Milliy gvardiya xodimi halok bo‘ldi

Toshkent shahridagi «Xotira xiyoboni» yodgorlik majmuasi yaqinidagi kanalda ayolni qutqarishga uringan 21 yoshli Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, u kuchli suv oqimi ayolni olib ketayotganini ko‘rib, uni qutqarish uchun suvga sakragan. Biroq kuchli oqim tufayli ham ayol, ham uni qutqarishga uringan harbiy xizmatchi suvga g‘arq bo‘lgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida harbiy xizmatchining jasadi topilgan. Shuningdek, marhumning yaqin kunlarda to‘yi bo‘lishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

Kiritildi: 11:36 09.07.2026. O'qildi: 3013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!