Joriy yilning 17 may kuni Mirobod tumani Avliyo ota ko‘chasida joylashgan kafelardan birida Toshkent shahar IIBB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari qo‘shni respublikalik 43 yoshli Olgani (ismlar o‘zgartirilgan) 13 yoshli qizini 3 500 AQSh dollari evaziga sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olishdi.
Hammasi ikkita ayolning kafedagi suhbatidan boshlandi. Olga Almira ismli qiz bilan tanishib qoladi. Suhbat davomida Olga munosib ish topa olmayotgani, xonadoni ta’mirga muhtojligi, oziq-ovqatga puli yetmayotgani haqida nolib qoldi. Almira Olgaga hamdardligini bildirdi, Olga esa undan 13 yoshli qizini sotishda yordam so‘radi. Almira o‘ylab ko‘rib javob berishini aytgach, ayollar xayrlashishdi.
Uyga qaytgach, Almira yuqoridagi holat haqida tegishli organlarga murojaat qildi.
Ertasi kuni Olga va Almir shahar kafelaridan birida uchrashdilar. Olga o‘smir qizini pulga sotayotgan vaqtida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Mazkur fakt bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyatchiga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.